Kalexon "Napoli"da tekinga o‘ynashga rozi bo‘ldi

  • 26.06.2020 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi yarim himoyachisi Xose Kalexon mavsum oxirigacha jamoasiga yordam bermoqchi.

Calciomercato nashrining yozishicha, 33 yoshli ispaniyalik futbolchi klub rahbariyatiga iyul yoki avgust oyigacha, ya’ni joriy mavsum yakunlangunicha tekinga bo‘lsa ham o‘ynashga tayyor ekanini bildirgan. U faqat jarohatini sug‘urtalash xizmatini to‘lab berishlarini so‘ragan xolos.

Aytish lozimki, Kalexonning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanar edi. U bu mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!