Kamerunga gol urgan Oston O‘runov Toshkentga qaytdi. Sababi...

  • 26 sentabr, 2022, 12:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Koreya Respublikasidagi yig‘inning so‘nggi kuni doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kosta-Rika bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tecno

Terma jamoamiz a’zosi Oston O‘runov oilaviy tadbir sabab ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Futbolchimiz murabbiylar shtabi ruxsati bilan Toshkent shahriga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘runov Kamerunga qarshi o‘yinda jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. U Odil Hamrobekovning uzatmasidan so‘ng havodagi to‘pni darvozaga joylab qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!