
Qaqshatqich zarbaga uchragan Jerrard sakkiz futbolchisini jamoadan haydamoqda
Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Aston Villa” o‘z maydonida “Tottenxem”dan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.
Jamoa bosh murabbiyi Stiven Jerrard hozirgi shogirdlari bilan uzoqqa bora olmasligini anglab etgan ko‘rinadi. Yosh murabbiy yozgi transferlar vaqtida asosiy tarkibning sakkiz o‘yinchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Ketadiganlar ro‘yxatiga jamoa yulduzi Denni Ings ham kiritildi. Qolgan o‘yinchilarning nomi oshkor qilinmayapti.
Jerrard “Barselona”dan ijaraga olingan Filippe Koutinoni yozda to‘liq jamoada olib qolishga harakat qiladi. Shunindek, “Aston Villa” ustozi “Liverpul” himoyachisi Jo Gomesga ham xaridor bo‘ladi.
Fikrlar