Kamoliddin Murzoev: “Obod”ni yaxshi o‘rganganimiz bizga qo‘l keldi
Kecha O‘zbekiston Oliy Ligasida 6-tur uchrashuvlariga start berildi. Turning ilk uchrashuvida “Obod” jamoasi Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubini qabul qildi, murosasiz va kurashlarga boy kechgan o‘yinda Viktor Kumikov shogirdlari g‘alabani ilib ketishdi.
Ushbu uchrashuv yakunlangach, “qoplonlar”ning yetakchi futbolchisi, hujumchi, Kamoliddin Murzoyevning o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

-Ochig‘ini aytsam, o‘yin oson bo‘lmadi. Biz buni oldindan tahmin qilgan edik. Jamoamiz bilan ushbu o‘yinga yaxshi tayorgarlik ko‘rdik, lekin shunday bo‘lsada, o‘yin davomida jamoadoshlarimning charchaganligi sezildi. Chunki, o‘tgan turda “Nasaf” bilan o‘ynadik va ko‘p kuch sarflab, muhim g‘alabaga erishdik. Chu sababli murabbiyimizning ko‘rsatmalariga binoan “Obod”ga qarshi o‘yinda asosiy e’tiborni himoyaga qaratdik. Bu jamoani o‘yinlarini kuzatib kelamiz va ularning o‘yin uslubini sinchiklab o‘rgandik. Bu esa bizning g‘alabaga erishishimizda katta yordam berdi. Oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik deb o‘ylayman, - deydi Kamoliddin Murzoev.
Yulduz Rahmatova suhbatlashdi.

Fikrlar