Kamoliddin Tojiev: "Endi 90 foiz tarkibimiz bilan ikkinchi yig‘inga kirishamiz"

  • 02.02.2026 13:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Paxtakor” klubi Antaliya yig‘ini doirasidagi birinchi bosqichini yakunladi.

Shu munosabat bilan klub matbuot xizmati bosh murabbiy Kamoliddin Tojievning fikrlariga qiziqdi.

“Birinchi yig‘inimizdagi oxirgi o‘yinimizni o‘tkazib oldik. G‘alabaga erishdik. Bu yig‘indan maqsadimiz natija birinchi o‘rinda turmas edi. Shuning uchun har uchrashuvda yoshlarni katta futbolchilar bilan aralashtirib uchta o‘yin o‘ynatdik. Ularga ham katta klublar bilan o‘ynash amaliyot bo‘ladi. Hammaga natija muhim emasligini aytdim. Shunga qaramasdan, baribir yigitlar maydonga chiqib g‘alaba qozonishga intilishdi.

Endi besh kunlik ta’tilga chiqdik. Futbolchilar uyiga borib kelishadi. Keyin 4 fevraldan ikkinchi yig‘inimizni boshlaymiz.

Terma jamoadagi o‘yinchilarimiz ham kelishadi. Yoshlarimizni Toshkentda qoldiramiz. Endi to‘liq 90 foiz tarkibimiz bilan ikkinchi yig‘inga kirishamiz. Hozirda jarohatlanganlar ham navbatdagi yig‘inimizdan boshlashadi. Faqat Flamariyon bilan Bo‘riech chempionat boshigacha tayyor bo‘lib qolishadi”, - dedi Tojiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!