Kamoliddin Tojiev: "O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz"

  • 20.03.2026 23:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" klubi 4-turda "So‘g‘diyona" bilan bellashdi va gollarga boy o‘tgan uchrashuvda "Sherlar" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:

- Tez gol o‘tkazib yubordik va bu bizga kichik qiyinchilik tug‘dirdi. Birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirdik. Tanaffusdan keyin esa o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alabani qo‘lga kiritdik. Tarkibdagi barcha futbolchi maydonga tushishi mumkin. Shu sababli o‘zgarishlar bo‘ladi.

O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz, deb o‘ylayman. Ko‘proq gol uramiz va hujumdagi harakatlarimiz yaxshiroq ko‘rinish oladi. Avvalgi bahslarda o‘zimiz xato qildik va to‘p kirita olmadik. O‘yin taraflama yomon emasdik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!