Asosiy mazmunga oʻtish

Kamondan otish. Terma jamoamiz a’zolari jahon kubogiga jo‘nab ketishdi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Olimpiadaga tayyorgarlik.

Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Fransiyaga yo‘l olishdi. Hamyurtlarimiz 15-20 avgust kunlari Parij shahrida tashkil etiladigan jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi.

Bellashuvlarda Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Yurtdoshlarimiz Jahon kubogi davomida yakkalik va mikst dasturlarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun sinov turniri vazifasini o‘tab beradi. Bellashuvlar XVII asrga oid “Nogironlar uyi” saroyida tashkil etiladi. Aynan ushbu manzil kelasi yil Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish bahslariga mezbonlik qiladi.

Manba: MOQ

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q