Kanada Gran-prisi: sprint pol-pozitsiyasi Rasselga nasib etdi

  • 23.05.2026 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanada Gran-prisi doirasidagi sprint saralash bahslarida Jorj Rassel muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Mersedes”dagi jamoadoshi Kimi Antonellini ortda qoldirgan holda birinchi start pozitsiyasini qo‘lga kiritdi.

Mavsumning dastlabki to‘rt poygasidan so‘ng chempionatda Antonellidan 20 ochko orqada borayotgan britaniyalik haydovchi hal qiluvchi saralash bosqichida har ikki urinishda ham eng yaxshi vaqtni qayd etdi. Natijada u Antonellidan 0,068 soniyaga ustun keldi.

 Ikkinchi qatorni “Maklaren” jamoasi haydovchilari band qildi. Lando Norris pol-pozitsiya sohibidan 0,315 soniya ortda qolgan bo‘lsa, u jamoadoshi Oskar Piastridan 0,019 soniya tezroq harakat qildi.

Keyingi o‘rinlarni “Ferrari” va “Red Bull” pilotlari egalladi. Lyuis Xemilton beshinchi, Sharль Lekler oltinchi, Maks Ferstappen yettinchi va Isak Hajjar sakkizinchi natijani ko‘rsatdi.

Ispaniyalik Alonso 14-natijani ko‘rsatgan bo‘lsa-da, mashinasi trassada qolib ketgani sababli keyingi bosqichda ishtirok eta olmadi va sprint poygasini 16-o‘rindan boshlaydi.

Alonso avariyasi vaqtida sessiya tugashiga bir daqiqa 50 soniya qolgan edi. To‘siqlarni ta’mirlash ishlaridan keyin mashg‘ulot qayta boshlangan bo‘lsa-da, faqat ikki nafar haydovchi — Sayns va Stroll yangi aylanishni boshlashga ulgirdi. Biroq ular ham o‘z natijalarini yaxshilay olmadi.

Shu tariqa, Kanada Gran-prisi oldidan “Mersedes” ijobiy signal berdi. Endi asosiy e’tibor sprint poygasi va navbatdagi saralash bahslariga qaratilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!