Kannavaro: "Bir kishi kam bo‘lsak ham, Eronga imkoniyat bermadik!" (Matbuot anjumani)

  • 19 noyabr, 00:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eronga qarshi final uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"G‘alaba qozonish har doim yoqimli hisoblanadi. Futbolchilar va muxlislarimiz juda xursand. Bugun Eronga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi, har doim kurashish kerak. Eron juda yaxshi jamoa hisoblanadi, bunday o‘yinlarda bo‘shashib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qilib, yaxshi harakat qildik. Shuningdek, 2-3 ta yaxshi vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa gol urmasak, qiynalishimizni angladik. Ammo bizning darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yarata olishmadi. Qizil kartochkadan so‘ng esa o‘yin juda ham qiyinlashdi. Men esa o‘yinchilarimning mentalitetidan xursandman. Sababi, bir kishi kam bo‘lish harakatlanayotganimizda ham ularga hech qanday imkoniyat bermadik. 
 
Aytib o‘tganimdek, Eron Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Ularning tarkibida juda yaxshi o‘yinchilar bor. Bundan tashqari, murabbiylar va ularning shtabi ham ajoyib. Bunday jamoalarga qarshi 1 kishi kam bo‘lib harakat qilish har doim qiyin. Lekin biz bu vaziyatni juda yaxshi nazorat qildik. 
 
Birinchi kuni aytganimdek, men ko‘p narsani o‘zgartirmoqchi emasman. Biz faqatgina yaxshilashni xohlaymiz. Biz ko‘proq himoyadan chiqishga harakat qildik va muvozanatni hamda balansni ushlashga intildik. Shuningdek, ba’zi vaziyatlarda yuqori pressing uyushtirishga ham harakat qildik. Futbolchilar o‘rtasidagi masofa noodatiy narsalar yo‘q. Bizda vaqt ko‘p emas, shu sabab ko‘p narsani o‘zgartira olmaymiz. Lekin mening aqlli futbolchilarim borligi uchun omadim bor, deb hisoblayman. Ular har bir mashg‘ulot davomida qattiq ishlab, zavq olishyapti. Bilasizki, hozirgi kunda terma jamoaning ichki muhiti a’lo darajada. Lekin ba’zi futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashimiz kerak. Ammo bu juda qiyin kechadi, chunki yil oxirida chempionatimiz yakunlanadi. Ba’zi o‘yinchilarimiz faoliyatini Evropada davom ettiradi. 
 
Biz penaltilar ustida ish olib bordik. Misrga qarshi uchrashuvdan ham avval, kecha ham buni ustida ishladik. Men esa bu orqali qaysi futbolchilar yaxshiroq penaltini yaxshiroq amalga oshirishini ko‘rib oldim. Bunga qarab bugun tanlov amalga oshirdim. Bilasiz, penaltilar ba’zan yaxshilik bilan yakunlanadi, ba’zan yomon. 
 
Biz Ostonning holatini kuzatamiz. Persepolis juda yaxshi jamoa, u erda barcha sharoitlar bor - yaxshilanish va jismonan kuchayish uchun. O‘runov juda qattiq ishlashi kerak, sababi uning potentsiali juda yuqori. Biroq, 45 daqiqa o‘ynab, undan keyin muammolar paydo bo‘lmoqda. Men uning o‘ziga ham aytdim, o‘yindan zavq olishni. Men hech qachon bitta uchrashuvda yuqori saviyada o‘ynab, keyingi o‘yinda juda sust o‘ynashini istamayman. 
 
Men Jaloliddin bilan gaplashdim. U mashg‘ulotlarga kirishdi, yuguryapti. U bizga bu turnirda yordam bera olardi, lekin umid qilamanki, mart oyidagi yig‘inda safimizda bo‘ladi. Mart oyida barcha futbolchilarim sog‘lom etib keladi degan umiddaman. Chunki har bir yig‘inda jarohatlar bo‘lib turibdi. 
 
Yanvarda ham biz yig‘in o‘tkazishga kelishib olganmiz. Faqatgina u erda mahalliy futbolchilar bo‘lishadi. Lekin tarkibimizning katta qismi legionerlardan iborat. Ko‘ramiz, yanvardagi yig‘inga yosh futbolchilarni ko‘proq jalb qilamiz. Ularni sinab ko‘ramiz. Biz har doim kuzatyapmiz, sababi bizga barcha futbolchilar kerak",
- deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi italiyalik mutaxassis.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!