Kannavaro hayratga solyapti! O‘zbekistonning yangi bosh murabbiyiga Evropadan qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika maydonlari mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro tayyorlaydigan bo‘ldi.
2006 yilgi “Oltin to‘p” sohibining mundial debyutanti bosh murabbiyligiga tayinlanishi biroz kutilmagan qaror bo‘ldi. Chunki Fabio yaqin o‘tmishdan qanday zo‘r futbolchi bo‘lganiga qaramasdan murabbiylik sohasida hali ko‘zga ko‘rinadigan biror natijaga erishmagan.
Shu bois, Kannavaro o‘zi uchun ham murakkab, lekin muhim bo‘lgan yangi chiqaruvni qabul qilgani jahonning turli burchaklarida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Sports.uz portali ushbu voqeaga Belgiyadan bo‘lgan munosabatni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- Futbolchi sifatida Fabio Kanavvaro multaq jahon darajasdagi o‘yinchi bo‘lganiga hech qanday shak-shubha yo‘q. Italiyalik himoyachi faoliyati davomida Evropaning “Napoli”, “Parma”, “Inter”, “Yuventus” va “Ral Madrid” singari taniqli klublarida o‘ynagan.
2006 yili Kannavaro sardorlik qilgan Italiya terma jamoasi jahon chempionatida g‘olib chiqdi va bu muvaffaqiyat himoyachiga “Oltin to‘p”ni ham olib berdi.
Fabioning murabbiylik faoliyati esa u qadar yorqin chiqqani yo‘q. Kannavaro murabbiylik sohasida hali mahorat cho‘qqisini zabt etishga ulgurmadi. O‘z yurtida “Benevento” va “Udineze” kabi o‘rtamiyona jamoalarni qisqa muddat boshqargan. Asosiy faoliyati Yaqin Sharq va Xitoyda o‘tdi.
Kannavaroning oxirgi ish joyi Zagrebning “Dinamo” klubi bo‘lgandi. Biroq bu ham unga hech qanday natija bermadi. Xorvatiya klubidan shu yilning aprel oyida, ish boshlaganiga to‘rt oy to‘lmay iste’foga chiqarildi. Bu holat uning bo‘lajak jahon chempionatida qatnashadigan milliy terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Fabio Kannavaroni milliy terma jamoaning yangi ustozi sifatida rasman tanishtirdi. Futbolchi sifatida bungacha uch marotaba jahon chempionatlarida ishtirok etgan Kannavaro 2026 yilning 31 iyuligacha davom etadigan murabbiylik shartnomasiga imzo chekdi. Fabio terma jamoani AQSh, Kanada va Meksikada jahon chempionatiga tayyorlashni boshlab yubordi...
Markaziy Osiyodagi etakchi jamoa hisoblangan O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. O‘zbeklar hal qiluvchi saralash turnirida Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi va asosiy ta’qibchilardan Birlashgan Arab Amirliklari hamda Qatarni ortda qoldirdi.
O‘zbekiston futboli jadal rivojlanayotgan mamlakat. Bunga yorqin misol sifatida “Manchester Siti”da porlayotgan Abduqodir Husanovni keltirish mumkin. Shuningdek, o‘tgan yozdan beri Belgiyaning professional Jupiler ligasida “Antverpen” sharafini himoya qilayotgan Muhammadali O‘rinboev ham aynan mana shu mamlakat futbolchisi hisoblanadi, - deb yozdi voetbalnieuws.be sayti jurnalisti Yannik Lankrit.
ChatGPT Husanov gol urgan jamoaga manchesterlik futbolchini joyladi
Husanov o‘rniga jahon chempioni keladi!
O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!
Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi
Fikrlar