Kannavaro Kongodan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 28.06.2026 07:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining so‘nggi 3-turi doirasida Kongoga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Fabio Kannavaro o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘limda juda ko‘p energiya sarfladik. Bugungacha jismoniy tayyorgarligimiz yaxshi edi, bugun ham shu jihatdan yaxshi harakat qildik. Raqibimiz ham jismoniy tomonlama yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko‘rsatdi.

O‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak, qiyin bo‘lishini bilardik. Ikkinchi bo‘limda esa xatolarga yo‘l qo‘ydik va shu sababli gollar o‘tkazib yubordik.

Birinchi taymni juda yaxshi boshladik va ko‘plab imkoniyatlar yaratdik. Ammo ikkinchi bo‘limda xatolar qila boshladik. Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.

Albatta, futbolchilar bilan juda ko‘p muloqot qildim. Guruhimizda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin bu natijadan afsusdamiz.

Ha, xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi va men ulardan faxrlanaman"
, — dedi Kannavaro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!