Kannavaro O‘zbekiston U-17 terma jamoasining g‘alabasiga munosabat bildirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Koreya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.
“U-17 terma jamoamiz bilan faxrlanamiz! Yigitlar o‘zbeklarga xos jangovar ruhni namoyon etib, munosib ravishda yarim finalga yo‘l olishdi. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va bu yutuqqa hissa qo‘shgan barchani tabriklayman. Shu ruhda davom eting, yigitlar!” — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz Osiyo kubogining yarim finalida Yaponiya ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar