Kanoechilarimiz Artur Guliev ham JChda g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Ruminiyaning Puteshti shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatovaning g‘alabasidan keyin Artur Guliev ham terma jamoamiz hisobiga yana bir oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Tecno

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 200 metr masofaga yakkalik bellashuvda kechgan bahsda Nankin-2014 o‘smirlar Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanmish Guliev 38.717 soniya bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Yurtdoshimizga Ispaniya hamda Bolgariya terma jamoasi vakillari oltin medal uchun raqobat tug‘dirishdi. Batafsil:

Kanoeda eshkak eshish. U-23 JCh.
Erkaklar, 200 metr.
1. Artur Guliev (O‘zbekiston) – 38.717
2. Pablo Grana (Ispaniya) – (+1.122)
3. Angel Kodinov (Bolgariya) – (+1.230)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Musa Abdurasulov
03/08/2019 17:34
Ofarin barcha Baydarka va kanoechilatimizga omadlar
Akmal Jovliev
04/08/2019 05:06
Boshidan U23 dagilar deb yozinglar kattalarmi deb o'ylabman! Uzbekistanga omad!