Kanselu "Barsa"ga o‘tishga juda yaqin

  • 23 avgust, 2023, 22:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qanot himoyachisi Joau Kanselu yaqin vaqtlar ichida "Barselona"ga o‘tishi kutilyapti. 

Jurnalist Ashraf Ben Ayad bergan xabarga ko‘ra futbolchi juma kuni Kataloniya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. "Ko‘k-anorranglilar" uni 25 million evroga sotib olish bandi bor. 

Unga ko‘ra, "Barsa" bu mavsum La Ligada EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, ushbu band avtomatik tarzda ishga tushadi. 

Qayd etish lozim, portugal joriy mavsum "Siti"ning birorta o‘yini uchun qaydnomaga kiritilmadi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!