
Kante "Al Ittihod"ga o‘tishga yaqin!
Londonning “Chelsi” jamoasida to‘p surayotgan frantsiyalik yarim himoyachi Ngolo Kante Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi "Al Ittihod"ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Manbaga ko‘ra, kelishuv yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi. Kante yangi klubiga erkin agent sifatida o‘tadi, chunki uning "aristokratlar" bilan shartnomasi shu oy oxirigacha hisoblangan.
Ngolo o‘tgan mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi. Germaniyalik xavbek jarohat tufayli mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi.
Fikrlar