Kante Evropaga qaytishi mumkin

  • 25.08.2025 18:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Al-Ittihod" jamoasining yarim himoyachisi N'golo Kante joriy yozda katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoasi rahbariyati ushbu transferlar oynasida frantsiyalik futbolchiga boshqa klubga o‘tishga ruxsat bergan. Kante agentlari yarim himoyachiga yangi jamoa izlamoqda.

Futbolchining xizmatlarini allaqachon "Monako" va PSJ, shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klublariga taklif qilishgan. O‘tgan mavsumda 34 yoshli xavbek "Al-Ittihod" safida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kantening narxi 5 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!