Kante va Jorjino o‘rniga yosh o‘yinchi keladi

  • 3 noyabr, 2021, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tomas Tuxel jamoaning kelajagini o‘ylagan holda tarkibni yoshartirish masalasida ham boshqortirishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Jamoaning etakchi yarim himoyachilari – Jorjino dekabrda 30ga, Ngolo Kante mart oyida 31 ga kiradi. Tabbiyki bora-bora ularning yoshi o‘tib qolayotgani o‘yin saviyasiga ta’sir qiladi.

“Chelsi” rahbariyati akademiya tarbiyalanuvchisi Konor Gallaxer har ikki tajribali futbolchining o‘rnini bosishga qodir, deb hisoblanmoqda. Yosh yarim himoyachi yozda “Kristal Pelas”ga ijaraga berildi va o‘z o‘yini bilan jamoaning etakchisiga aylandi.

Xususan, Konor Gallaxerning assisti va goli “Kristal Pelas”ga “Manchester Siti” ustidan safar uchrashuvida g‘alaba keltirdi. Hozir iste’dodli o‘yinchini qo‘lga kiritishni istagan jamoalar safi tobora ko‘pib bormoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Konor Gallaxer ijaradan qaytganidan keyin asosiy tarkibga jalb qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!