Kapadze: "Kelajakda Indoneziyaga yana kelishim yoki murabbiy bo‘lishim mumkinmi?"
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi chog‘ida mahalliy “Garuda TV”ga bergan intervyusida bu mamlakatga kelishi va u erdagi turli xil xabarlarga izoh berdi. Avvalroq u Indoneziya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
“Indoneziyaga kelishimga asosiy sabab — dam olish. Meni mahalliylar taklif qilishdi. Bu erda muhit bilan tanishish va odamlar bilan suhbatlashish imkoni bor. Shuningdek, masjid va maktablarga borish — odamlarning madaniyati bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat. Ayniqsa, juma namozini o‘qish men uchun ajoyib xotira bo‘ldi.
Kelajakda Indoneziyaga yana borishim yoki murabbiy sifatida faoliyat yuritishim mumkinmi? Bu o‘z yo‘liga. Eng muhimi — bu erga kelib, odamlar bilan tanishish va ularning madaniyatini bilish. Men bu jarayondan maksimal darajada pozitiv tajriba olishdan juda xursandman. Indoneziyada 3–4 kun bo‘laman, ammo shu vaqtdan unumli foydalanmoqchiman. ”, — dedi Kapadze.
Fikrlar