Kapello Messining PSJga o‘tishiga ishonmayapti

  • 17.02.2021 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello “Barselona” sardori Lionel Messining PSJga o‘tishiga ishonmasligini aytdi.

“Messi “Barselona”da qoladi, deb o‘ylayman. PSJ uni qo‘lga kiritish uchun shuncha pul sarflashiga ishonmayman”, - dedi Kapello.

Messi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u faoliyatini to‘liq shu jamoada o‘tkazib kelmoqda. Joriy mavsum yakunlangach, uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!