Karate bo‘yicha Osiyo chempionati "Humo arena"da o‘tishi mumkin

CHERY AUTO

Toshkent Tokio olimpiadasidan avval ushbu Olimpiadaga litsenziya beruvchi Osiyo chempionatini qabul qiladi. Bu qaror Xalqaro karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinosning 2017 yil Toshkentga tashrifi davomida tasdiqlangan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tashkilot rahbari Umid Ahmadjonov bugun Osiyo karate federatsiyasi bosh menejerini qabul qilgan. Suhbat davomida bosh mavzu Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati bo‘ldi. Umid Ahmadjonov mehmonga bo‘lajak qit’a chempionati yangi ochilgan "Humo arena"sida o‘tishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.  

Birinchi navbatda O‘zbekistonga tashrif buyurganiningiz bilan qutlayman. Ishonch bilan ayta olamanki, Osiyo karate federatsiyasi Olimpiadaga litsenziya beradigan Osiyo chempionatini bizga ishonib topshirsa, biz uni yuqori saviyada tashkillashtirib beramiz. Kuni kecha muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan yaxshi niyatlarda ko‘p tarmoqli “Humo arena” saroyi ochildi. Qit’a birinchiligini aynan u erda o‘tkazishimiz ham mumkin. Sizni o‘z infrastrukturamiz bilan ishontira olamanki, biz yana bir bor ushbu turnirga munosib mezbonlik qilishga tayyormiz”, – dedi MOQ rahbari.

Shuningdek, o‘zaro muzokaralar davomida Toshkent mezbonligida Tokio Olimpiadasining litsenziyalari o‘ynaladigan Osiyo chempionati joriy yilning iyul oyida o‘tishi belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!