Karate. Vakillarimiz Osiyo chempionati ilk kunida 8ta medal qo‘lga kiritdi

Kecha Qozog‘istonda karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

8 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada qit’amizning eng kuchli yosh karate ustalari o‘z mahoratlarini namoyish etishyapti. Musobaqaning birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.

Unda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-54 kg: Mohinur Teshaboeva
-61 kg: Saida Musaxonova

Kumush medal:
-70 kg: Bekzod Zoirov

Bronza medal:
-52 kg: Humoyunmirzo Halimov
-57 kg: Isomiddin Karimov
+70 kg: Sardor Bahromov
-47 kg: Diyora Po‘latova
Abdulaziz Rasulov (kata).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!