
Karen Xachanov "qovun" tushurdi
Rossiyalik Karen Xachanov Parij shahrida o‘tayotgan Frantsiya ochiq chempionatining chorak final bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Karen mazkur bosqichda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan o‘yinda Tim rus tennischisini 6:2, 6:4, 6:2 hisobida engdi.
Shu tariqa "French Open" birinchiligining yarim finalida Dominikka serbiyalik Novak Jokovich qarshilik ko‘rsatadi.
Fikrlar