Karolina Muxovaga Amerika yoqib qoldi
AQShning Nyu-York shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "NYJTL Bronx Open" xalqaro turnirida uchinchi davra uchrashuvlari yakunlandi.
Musobaqaning mazkur bosqichida chexiyalik Karolina Muxova hamda amerikalik Kristi An o‘zaro kuch sinashdi. Unda Karolina 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Endi Muxovo turnirning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda polshalik Magda Linett bilan kuch sinashadi.

Fikrlar