Karrager: "Amorim "Manchester Yunayted" uchun mos mutaxassis emas"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Ruben Amorimni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimiga mos kelmaydi, deb hisoblaydi.
"Menimcha, uni tayinlagan odamlarga nisbatan shubha bildirishga u hech qanday haqqga ega emas. Chunki u yetarlicha kuchli mutaxassis emas. U "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lish darajasida emas. Hozir u hatto Premyer-ligada murabbiy bo'lish uchun ham yetarlicha malakali emas, deb o'ylayman.
Noroziilik faqat ikki sabab bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Yoki gap yanvar oyidagi transferlar va unga qo'llab-quvvatlov ko'rsatilmayotganida, yoki undan yuqoridagi rahbariyat uning sxemalar orasida ikkilanishib qolayotganini shubha ostiga qo'yaotganida.

To'rt himoyachi bilan o'ynagan paytda muayyan ijobiy natijalar ko'ringandi, ammo u "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda yana besh himoyachili sxemaga qaytdi va jamoa, ehtimol, “Vulvs”ga qarshi o'ynagan barcha raqiblar orasida eng yomon o'yinni namoyish etdi", — dedi Karrager Gari Nevill podkastida.
Fikrlar