Karrager: "Kerrikda oldingi murabbiyda yo‘q bo‘lgan jasorat bor"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Maykl Kerrikning "Manchester Yunayted"dagi ishini yuqori baholadi. "Qizil iblislar" yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk ikki o‘yinda "Manchester Siti"ni 2:0 va "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
"Aniq aytishim kerak, aynan bu oldingi murabbiy Ruben Amorimda yetishmagan edi. Unda bunday jasorat yo‘q edi", — dedi Karrager MYUning "Arsenal" ustidan g‘alabasi haqida fikr bildirib.
Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim 5 yanvar kuni ishdan ozod qilingan, Maykl Kerrik esa sakkiz kundan so‘ng vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
Fikrlar