Karrager: Koutino 140 million evrolik futbolchi emas...
“Liverpul” klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager yana bir bor Filippe Koutinoning mavsum o‘rtasida “Barselona”ga o‘tib ketganligini tanqid ostiga oldi.
“Men uning mavsum o‘rtasidagi transferiga qarshi edim. U “Liverpul”daligida jamoa hali Angliya kubogidan chiqib ketmagandi, oldinda esa Chempionlar ligasi ham kutmoqda.
Jamoa muxlislari, qolaversa, biz ham Koutinoning mavsum so‘nggiga qadar “Liverpul”da qolishiga ishonayotgan edik va bundan xursand edik.
Uning 140 million evroga sotilishiga kelsak, u bu qadar zo‘r futbolchi emas”, - deydi Karrager.

Fikrlar