Karvaxal «Xetafega» o‘tish uchun tasdiqni kutmoqda
Avval xabar berilganidek, «Real» tarkibida uzoq yillar o‘ynagan sobiq himoyachi Dani Karvaxal «Xetafe» klubiga o‘tishi arafasida turibdi. Marca nashri ma’lumoticha, futbolchi va madridliklar klubi o‘rtasidagi asosiy kelishuvga erishilgan, ammo transferni rasmiylashtirish uchun La Liga rahbariyatining rasmiy roziligi talab etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Xetafe»da Karvaxal «Real»da olgan maoshini saqlab qololmaydi. Yangi jamoa moliyaviy qoidalarga rioya qilish uchun futbolchiga maoshni kamaytirishni taklif etgan. Agar Karvaxal bunga rozi bo‘lmasa, klub La Liga belgilagan moliyaviy cheklovlar doirasida qololmaydi.
«Xetafe» bosh murabbiyi Xose Bordalas bu transfer g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning fikricha, Karvaxalning katta tajribasi, raqobatbardoshligi va yetakchilik fazilatlari jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Karvaxal 30 iyunda «Real» bilan tuzgan shartnomasi tugaganidan so‘ng erkin agent maqomini olgan. Yoz davomida 34 yoshli himoyachi shaxsan o‘zi mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘ziga mos taklifni kutib kelayotgan edi.

Fikrlar