Kasalxonadagi Pelening ahvoli qanday?

  • 04.12.2022 11:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Jahon futboli afsonasi Pele kasalxonaga yotqizilganidan xabaringiz bor, u muolajalardan keyingi holati haqida gapirdi.

"Do‘stlar, barchangiz xotirjam bo‘lishingizni istayman. Men hali ham kuchliman va orzularim bisyor. Odatdagi davolanish kursini boshdan kechiryapman. Hammasi bir me’yorda ketmoqda. Shifokorlarga mehnatlari uchun katta rahmat. Men Xudoga ishonaman va qo‘llab-quvvatlaganlar uchun barchaga rahmat.

Braziliya terma jamoasining Qatardagi o‘yinini diqqat bilan kuzatib boring. Hammaga yana bir bor tashakkur!", - deb yozdi Pele ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Pelega yo‘g‘on ichak shishishi tashxisi qo‘yilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!