Kasilyas: Infarkt bo‘lganimda eng avval Mourino menga qo‘ng‘iroq qilgandi
"Real" sobiq darvozaboni Iker Kasilyas 2019 yili infarkt holatini boshdan kechirgan payti haqida gapirdi.
"Ko‘pchilik bilmaydi, ammo o‘shanda Mourino menga birinchi bo‘lib sog‘ligimni so‘rab qo‘ng‘iroq qilgan edi. O‘sha voqeadan so‘ng, uzoq vaqt mobaynida ko‘rmagan insonlarimni ko‘rish hayotimdagi kichik narsalarni ham qadriga etishimga yordam berdi.
Siz har kuningizni odatiy o‘tkazishga harakat qilasiz, o‘z olamingizda yashaysiz. Men ham juda baxtli edim, ammo o‘shanda o‘lim xavfini yaqindan his qildim. Keyinchalik bu meni dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga undadi", dedi Kasilyas ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar