
"Katta dubulg‘a chellenjer". Taekvondochimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi
Shuhrat Salaev "Katta dubulg‘a chellenjer" turnirida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Katta dubulg‘a chellenjer" turniri davom etmoqda. Dastlabki kunda hamyurtlarimizdan Shuhrat Salaev kumush medal bilan birga 2025 yil tashkil etiladigan asosiy "Katta dubulg‘a" musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bugungi bahslarda Omonjon Otajonov (-58 kg), Jasurbek Jaysunov, Mavlonbek To‘xtasinov (-80 kg) hamda Gulsanam Alijonova (+67 kg) medallar uchun kurashishmoqda.
Fikrlar