Kavani bir zarba bilan tarixni o‘zgartirib yubordi

  • 16 aprel, 2021, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani Evropa ligasining chorak final javob uchrashuvida “Granada” darvozasini oltinchi daqiqadayoq ishg‘ol qildi.

Tecno

Bu gol tajribali hujumchini Urugvay tarixiga olib kirdi. Edinson urugvaylik futbolchilar orasida bo‘lib, UEFA shafeligida o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi va Evropa Ligasi turnirlarida 50 gol urgan o‘yinchiga aylandi.

Bu natijaga erishish uchun Kavani “ko‘hna qit’a” miqyosidagi turnirlarda 87 ta uchrashuvda maydonga tushishiga to‘g‘ri keldi.

Shuningdek, u klublari tarkibida xalqaro uchrashuvlar 50 ta va undan ko‘p gol urgan Janubiy Amerika futbolchilari ro‘yxatida to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Hozircha, faqatgina Lionel Messi, Serxio Aguero va Alfredo di Stefano Kavanidan oldingi o‘rinlarda qayd etilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!