Kavani yana bir rekord o‘rnatdi

  • 18 aprel, 2017, 22:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“PSJ” jamoasi hujumchisi Edinson Kavani “Mets”ga qarshi Frantsiya chempionati 31-tur qoldirilgan o‘yinida gol kiritishning uddasidan chiqdi.

Tecno

Mazkur gol uning Frantsiya chempionatida bu mavsumdagi 30 goli edi. Urugvaylik forvard shulardan 7 tasini penaltidan kiritgan.

Shu tariqa 29 yoshli Kavani o‘zining shaxsiy rekordini yangiladi. Kavani ilk bor bir mavsumda chempionatda 30 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqdi. Bundan oldingi rekord 2012/13 yilgi mavsumda “Napoli” safida o‘ynab yurgan kezlari o‘rnatilgan edi – 29 ta gol.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!