
Kavanini Braziliyaga chorlashmoqda
Braziliyaning "Botafogo" klubi "Manchester Yunayted"ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavaniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Braziliya klubi 35 yoshli futbolchini yozda, mankunianliklar bilan shartnomasi tugaydigan paytda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shu tariqa “Botafogo” Kavanini tekinga olishi mumkin. O‘tishga futbolchining o‘zi qiziqmoqda.
Kavani joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda jami 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar