Kazemiro fikridan qaytmaydi

  • 29.03.2026 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yarim himoyachi Kazemiro joriy mavsum yakunlangandan so‘ng klubni tark etishini yana bir bor tasdiqladi.

- Menga hali ham Manchester Yunayted juda yoqadi. Lekin kelajagim haqidagi e’lon allaqachon aytilgan. Men haqiqatan ham bu yakuniy qaror ekaniga ishonaman.

Hozir men hayotdan zavq olyapman. Menimcha, “Manchester Yunayted”dagi so‘nggi o‘yinlarim hissiy jihatdan oson bo‘lmaydi, - dedi Kazemiro.

Braziliyalik yulduz 2022 yilda “Real”dan “Manchester Yunayted”ga 70 million yevro evaziga o‘tgan.

Joriy mavsumda u manchesterliklar safida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 2 ta assist berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!