Kazemiro “Manchester Yunayted”ga o‘zining o‘rniga o‘yinchi topib berdi

  • 03.03.2026 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning tayanch yarim himoyachisi Kazemiro joriy mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirmaydigan bo‘ldi.

Manchester klubi skautlari yozda Kazemiro o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti. Braziliyalik yulduzning o‘zi o‘ziga mos o‘rinbosar nomini aytdi.

Kazemiro klub mutasaddilariga “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraýnshni transfer qilishni maslahat berdi.

Xabarlarga ko‘ra, klub mutasaddilari tayanch yarim himoyachi pozitsiyasiga olinadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga Brunu Gimaraýnshni ham kiritdi. Shuningdek, transfer nishonlari qatorida Sandro Tonali va Elliot Anderson ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!