Kazemiro: "Mening haqiqiy ismim Kazimiro"

  • 6 fevral, 2023, 02:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Kazemiro o‘zi haqida bir qiziqarli faktni aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachining xaqiqiy ismi boshqacha bo‘lgan.

Tecno

"Mening ismim Karlos Enrike Kazimiro. "San Paulu"da o‘ynab yurgan vaqtim ular noto‘g‘ri tushinishgan va Kazemiro ismi tushirilgan futbolkada maydonga tushganman. Keyin esa hammasi joyida ekanligini aytib, shu nom bilan qolib ketdim", - dedi braziyalik futbolchi.

30 yoshli futbolchi ushbu mavsum "qizil iblislar"ning muxim o‘yinchilar qatoriga kirib oldi. Ammo u "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olib, jamoasiga kelayotgan 3 ta o‘yinda yordam bera olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!