Kazemiro nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi?
"Manchester Yunayted" Premer-liganing 27-turida "Sautgempton" mehmoni bo‘ldi va ochko yo‘qotdi. O‘yinning 34-daqiqasida Kazemiro Alkarezga nisbatan qopollik ishlatib, sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi. Ammo VAR tekshiruvi natijasida Entoni Teylor yarim himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kazemiro "Manchester Yunayted"ning keyingi 4 ta o‘yinida maydonga tushmaydi. U "Nyukasl", "Brentford", "Everton" va "Nottingem Forest"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda ikkinchi bor qizil kartochka bilan jazolanmoqda. Kazemiro o‘tgan safar "Kristal Pelas" bilan bo‘lgan uchrashuvda maydondan chetlatilgan.
Fikrlar