Kazemiro yoki Kazimiro?
“Real” yarim himoyachisi Kazemiro uning familiyasi aslida Kazemiro emas, balki Kazimiro ekanini aytdi.
“Mening familiyam aslida Kazimiro ekanini aksariyat odam bilmaydi. Onamning familiyasi shunday yozilgan. Shunchaki, bir marta Braziliyadagi o‘yinda meni Kazemiro, deb aytishgan. O‘sha kuni men ajoyib o‘yin ko‘rsatdim. Shundan so‘ng, odamlar mening familiyamni “e” harfi bilan aytishlariga e’tibor qaratmaslikka qaror qildim”, - dedi braziliyalik futbolchi.
Kazemiro “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “qirollik klubi”da jami 244 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar