Kеcha “Liverpul” bilan hayrlashgan yulduz bir kunda jamoa topdi
“Liverpul” himoyachisi Endryu Robertson Angliya Premier-ligasining 38-turida jamoa muxlislari bilan xayrlashgan edi.
Tajriba futbolchi bir kundan keyin faoliyatini Londonning “Tottenxem” klubida davom ettirishi haqida ma'lumot chiqdi. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer to‘liq kelishilgan va yakunlangan. Shotlandiyalik futbolchi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Robertson “Tottenxem”ga erkin agent sifatida o‘tadi, chunki uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni to‘liq tugaydi.
Endryu Robertson 2017 yilda “Xall Siti”dan “Liverpul”ga 9 million yevro evaziga transfer qilingan edi. U mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 378 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 69 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 10 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar