Kecha Qatardan kelib, bugun maydonga tushgan "Navbahor" futbolchisi

  • 5 may, 2024, 23:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda maydon egalari 4:0 hisobda g‘alaba qozondi.

Tecno

Gollarga Jamshid Boltaboev, Odiljon Hamrobekov, Yovan Jokich hamda Siyavash Haqnazari mualliflik qildi. "Temiryo‘lchilr" futbolchisi Dilshodbek Komilov 75-daqiqada qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi.

O‘yindagi eng qiziqarli epizodlardan biri bellashuvning 78-daqiqasida ro‘y berdi. Salkam bir oy Qatar yashil maydonlarida Olimpiya terma jamoamiz safida to‘p tepib, "Parij-2024" yo‘llanmasi uchun o‘z hissasini qo‘shgan Ruslanbek Jiyanov 78-daqiqada Asad Sobirjonov o‘rniga maydonga tushdi. E’tiborlisi, u kecha uzoq safardan qaytgan. Shuningdek, "lochinlar" ustozi Samvel Babayanning aytishicha, uning kecha biroz tobi bo‘lmagan. Biroq uning o‘zi bugungi "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishni xohlagan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!