Kechagi kun qahramoni: Bizga oson bo‘lmaydi, lekin ...

  • 8 aprel, 2021, 09:28
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi saralashidan o‘rin olgan "Al-Garafa" - AGMK bahsi yakuniga etdi. Unda olmaliqliklar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qilgan Yovan Jokich SPORTS.uz saytiga intervyu berdi.

"Juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Bunday ob-havoda o‘ynash oson emas. Biz bu bahsga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Maqsadimiz OChL guruh bosqichiga yo‘l olish edi, bunga erishdik.

Ha, bizda gol urish uchun ko‘plab vaziyatlar bor edi, ammo ulardan foydalana olmadik. Muhimi, o‘z maqsadimizga erishdik. Guruh bosqichidagi o‘yinlarda vaziyatlarni golga aylantirishga harakat qilamiz. 

Men avval ham "Lokomotiv" bilan birga OChLda o‘ynaganman. Bu musobaqaning qadrini yaxshi bilaman. Bizga oson bo‘lmaydi, lekin oxirigacha ko‘rashamiz. Guruh bosqichiga yo‘l oldikmi, demak, biz tayyormiz. Oldingi o‘yinlarda o‘zimizning eng yaxshi tomonlarimizni ko‘rsatamiz", - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
08/04/2021 10:37
Жокич НАСАФДАН сенга катта РАХМАТ омадингни берсин