Kelayotgan yoz "Real"uchun voqeliklarga bosh bo‘lishi mumkin

  • 16.01.2026 14:20
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yozda katta ishlarga qo‘l urmoqchi.

 Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres jamoaga "Manchester Siti" forvardi Erling Xolandni olib kelmoqchi.  Jamoa rahbari norvegiyalikni haloskor sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining agenti bilan muzokaralar allaqachon boshlangan. Jamoa bosh murabbiyligiga esa "Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Klopp kelishi mumkin. Kloppni aynan Peresning o‘zi jamoada ko‘rishni istayapti. Avvalroq, germaniyalik mutaxassis kelasi mavsumdan "qaymoqranglilar"ni boshqarishga tayyorligi haqida gaplar tarqalgan edi. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "Real"ni jamoa sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!