Kellini Evropa chempionati rekordchisiga aylandi
Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini Evropa chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
36 yoshli futbolchi kecha guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Shveytsariyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu uning Evropa chempionatlaridagi 14-o‘yini bo‘ldi.
Shu tariqa Kellini ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha hamyurtlari Antonio Kassano, Alessandro Del Pero, Paolo Maldini va Leonardo Bonuchchidan o‘zib ketdi.
Qayd etish lozimki, Kellini ushbu uchrashuvning 24-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etdi. Italiya esa Shveytsariya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar