
Kellini: "Tottenxem" har doim raqiblariga imkoniyat beradi
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini kecha "Tottenxem" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Fantastik oqshom. Biz g‘alaba qozona olishimizga ishongan edik. “Tottenxem” ajoyib jamoa, lekin “shporlar” doim raqiblariga imkoniyat berib kelishgan. Bu ularning og‘riqlik nuqtasi.
“Tottenxem” ko‘plab vaziyatlar yaratadi, shu bilan birga har doim gol ham o‘tkazib yubradi. Biz o‘z kuchimizga ishongan edik. Aytishim lozimki, mahorat har bir uchrashuvda juda muhim”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida “Tottenxem”dan ustun kelishdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar