Kerak bo‘lmasa bizga ber! Saudiyaliklar Arbeloa bilan kelisha olmay qolgan yulduzni olib ketmoqchi

  • 11.04.2026 07:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” himoyachisi Raul Asensio joriy mavsum yakunlangandan keyin Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida ma'lumotlar ko‘payib bormoqda.

Klub bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan kelib chiqqan ixtilof ortidan “Qirollik klubi” futbolchini transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

“Real” Asensioni sotishdan 50 million yevro ishlab topishni ko‘zlamoqda. Ma'lum qilinishicha, 23 yoshli ispaniyalik himoyachiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqmoqda.

Joriy mavsumda Raul Asensio “Real” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt.de sayti futbolchining transfer bozoridagi qiymatini 25 million yevro, deb baholamoqda. Asensioning madriddliklar bilan shartnomasi 2031 yilning yarmigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!