Asosiy mazmunga oʻtish

Kerrik Brunu Fernandeshni sardorlik bog‘ichidan yoki asosiy tarkibdan chetlаtishni istisno qilmadi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Karrik Brunu Fernandesh tanqidiga qarama-y, qarorlarda klub manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishini aytdi.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan keyin murabbiyni tanqid qilgan portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandes bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.

Kerrik matbuot anjumanida hozir bu vaziyatni batafsil muhokama qilish uchun eng qulay payt emasligini aytdi. Mutaxassis uchun ayni damda eng muhimi jamoa, tarkib va futbolchilar o‘rtasidagi muhit ekanini ta’kidladi.

«Brunu sardorlik bog‘ichidan yoki asosiy tarkibdagi o‘rnidan mahrum etiladimi? Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men doimo klub uchun eng yaxshi bo‘lgan ishni qilaman», — dedi Kerrik.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Manchester Yunayted» Italiya ning «Komo» klubiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin Brunu Fernandes Kerrikning taktikasini tanqid qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q