Kerrik kelajagi haqida: "Qarorlar qisqa muddatli bo‘lmasligi kerak"
"Manchester Yunayted" murabbiyi vazifasiga mavsum oxirigacha tayinlangan Maykl Kerrik o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"So‘nggi bir hafta ichida deyarli hech narsa o‘zgarmadi. Hozirgi fikrlarim aynan bugun nima bo‘layotgani bilan bog‘liq. Men uchun qabul qilinadigan har qanday qaror — men yoki murabbiylar shtabi tomonidan bo‘ladimi — qisqa muddatli bo‘lmasligi juda muhim. Men kelajak uchun javobgarman va to‘g‘ri qaror qabul qilishim kerak. Vaqti kelib, bu masalaga aniqkik kiritamiz", — dedi Kerrik jurnalistlar bilan suhbatda.
Ayni paytda "Manchester Yunayted" Angliya Premyer ligasi turnir jadvalidа beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar