Kerrik «Manchester Yunayted»dagi kelajagi haqida gapirdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik 0:3 mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilishi ehtimoliga qaramay, iste’foni kutmayotganini aytdi.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLning 8-turida «Bornmut»dan qabul qilingan yirik mag‘lubiyat (0:3)dan so‘ng lavozimidan bo‘shatilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Vaziyatni to‘liq tushunaman. Rostini aytsam, hech qanday alohida narsani kutmayapman. Oddiy tarzda ishlashda davom etyapman va bu klubni yaxshi ko‘raman.
Qanday qaror qabul qilinishidan qat’i nazar, men har doim futbol klubi uchun eng yaxshi deb hisoblagan ishimni qilaman. Umuman olganda, hammasi oddiy. Na u tomonga, na bu tomonga hech narsa kutmayapman», — deya Kerrikning so‘zlarini The Touchline ijtimoiy tarmoqda keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalidа 16-o‘rinni egallab turibd

Izohlar (0)