Kerrik “Manchester Yunayted”ga o‘zining futbolchilari olib kelyapti
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Maykl Kerrik klub rahbariyatidan “Midslbro” yarim himoyachisi Heyden Haknini sotib olishni so'radi.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun manchesterliklar “Tottenxem” bilan ham raqobat olib borishiga to'g'ri keladi.
Shu bilan birga, “Midslbro” qishki transfer oynasida Haknini sotmaslikka qat'iy qaror qilgan.
Kerrik 2022–2025 yillar davomida “Midslbro”ni boshqargani uchun ham Haknining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.
Joriy mavsumda Hakni barcha musobaqalarda 28 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar