Ketmasam bo‘lmaydi! Rodriges shartnomani bekor qilmoqchi

  • 6 yanvar, 15:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xames Rodriges yaqin kunlarda "Rayo Valekano"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda tomonlar o‘rtasida shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq, OAVda kolumbiyalik meksikaning "Amerika" klubi futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi mavsum boshida "Rayo Valekano"ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda futbolchi Ispaniya klubi tarkibida barcha turnirlarda ettita o‘yinda qatnashib, bitta natijaviy golli uzatmani amalga oshirib, maydonda jami 205 daqiqa vaqt o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!